insurez
05-08-2024 11:30

Tumanda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani oʻtkazildi.


Tumanda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tumanda  2024-yil uchun “Yoshlar balansi” shakllantirilib Ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib, yoshlar bilan individual ishlash, mas’ul vazirlik va idoralarni vertikal va gorizontal biriktirish tizimi joriy qilindi.

Mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan shakllantirilgan 35 380 nafar (14-30 yosh) yoshlar xatlovdan o‘tkazilib bandlik holati bo‘yicha “yashil”  (25 122 nafar),  “sariq” (10 258 nafar) hamda ijtimoiy holati bo‘yicha “og‘ir” toifalarga  (319 nafar) ajratildi.

“Og‘ir” toifadagi  319 nafar yoshlar tumandagi sektor rahbarlari hamda korxona va tashkilotlarning (18 nafar rahbarlariga) biriktirildi.

Ushbu 319 nafar yoshlar (Probatsiya  hisobida  23  nafar, Profilaktika hisobida  22  nafar, Muntazam dars qoldiruvchi  42  nafar, Giyoxvand va psixotrop dori iste’mol qiluvchi 2 nafar, Notinch oila farzandi  6  nafar, Oilaviy ajrim yoqasida 22 nafar, , Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga  ruju qo‘ygan yoshlar  1 nafar, Agressiv xulqli uyushmagan yoshlar 3 nafar, Surunkali kasalligi bor yoshla 1 nafarni)  tashkil etadi.

Birkitirilgan mas’ullar tomonidan 319 nafar og‘ir toifadagi yoshlarnig 180 nafari  turli xil muammolarni bildirgan bo‘lib, shu kunga qadar ularning 130 nafari ning muammolari ijobiy hal etildi.

Jumladan, 14 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 16 nafariga tadbirkorlik uchun kredit ajratildi, 6 nafariga subsidiya asosida asbob uskuna ajratildi, 3 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 1 nafarining SChR badali qoplab berildi, 9 nafarining davolanish harajatlari qoplab berildi, 7 nafari fan va chet tillariga o‘qitildi, 2 nafarining kontrakt to‘lovi to‘lab berildi.

Shuning bilan birga  68 nafar yoshlarning ijtimoiy muammolari ( oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy ta’miri, oila a’zolariga yordam, bir martalik moddiy yordam)  3 nafari og‘ir toifadan chiqarildi.

Shuningdek, muddat talab etiladigan muammolari mavjud 50 nafar yoshlarga yil yakuniga qadar quyidagi yordam turlari ko‘rsatilishi rejalashtirildi.

  • 15 nafari doimiy ishga joylashtiriladi.
  •  7 nafari kasb-hunarga o‘qitiladi.
  • 12 nafariga qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishi uchun subsidiya asosida asbob-uskuna ajratiladi.
  • 8 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit ajratiladi. 
  • 8 nafari profilaktika va probatsiya hisobidan chiqariladi.

Tumanda otaliqqa olingan 13 127 nfar yoshlar huquq-tartibot va mudofaa organlari xodimlariga biriktirilgan bo‘lib ushbu rahbarlar tomonidan yoshlar bilan bevosita va onlayn uchrashuvlar tashkil etilib,  2 481 nafar yoshlarning muammolari aniqlangan. Bugungi kunga qadar 1 117 nafar yoshlarning muammolari hal etildi.

Muammosi hal etilishi kutilayotgan 1 364 nafar yoshlarga yil yakuniga qadar turli xil ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatilishi belgilab olingan.

Otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yil yakuniga qadar vatanparvarlik ruhida o‘tkaziladigan tadbirlarga 7876 nafar yoshlarni, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida o‘tkaziladigan tadbirlarga 5250 nafar yoshlarni jalb etish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-sentyabrdagi 468-sonli uyushmagan yoshlar orasida xuquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish to‘g‘risidagi chora-tadbirlar rejasiga asosan tumandagi xuquqni muhofaza qiluvchi organlarga jami 124 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib ular quyidagi 10-ta toifaga bo‘linadi.

- Umumta’lim maktabiga bormayotgan yoki jalb etilmagan yoshlar (14-18 yoshdagilar)  6 nafar

- Profilaktik hisobda turgan yoshlar (og‘ir, o‘ta og‘ir, takroriy jinoyat va huquqbuzarlik sodir etgan uyushmagan yoshlar qatlami) 36 nafar

-Probatsiya hisobida turgan yoshlar (og‘ir, o‘ta og‘ir, takroriy jinoyat sodir etgan uyushmagan yoshlar qatlami) 37 nafar

-Jazoni ijro etish muassasalaridan chiqqan sudlanganlik muddati tugamagan yoshlar (ro‘yxat hisobida, probatsiya nazoratiga olinmagan) 4 nafar

-Qimor va tavakkalchilikka asoslangan, ijtimoiy tarmoq bilan bog‘liq turli xildagi o‘yinlarga ruju qo‘ygan uyushmagan yoshlar (profilaktik hisobga olinmagan) 2 nafar

 -Oilaviy ajrim yoqasiga kelib qolgan yoshlar 28 nafar

-Surunkali spirtli ichimlik iste’mol qiluvchilar 6 nafar

-Agressiv xulq-atvorli yoshlar (profilaktik hisobda turmaydigan urushqoq, bezorilikka moyil shaxs, shuningdek ko‘cha jangovar,bodibilding kabi sport turlari bilan shug‘ullanuvchi uyushmagan agressiv yoshlar) 5 nafar yoshlarni tashkil etib bugungi kunda bu yoshlar bilan tizimli ishlar amalaga oshirilmoqda.

Tumanda yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida “Bandlik dasturi”ga tayyorlangan va unga jami
632 nafar yoshlar kiritilgan bo‘lib,  shundan bugungi kunda 489 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi.

Jumladan:

165 nafar yoshlar doimiy ish bilan ta’minlandi;

96 nafar yoshlar kasb-hunarga o‘qitildi;

75 nafar yoshlarga kredit ajratildi;

72 nafar yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskuna ajratildi;

35 nafar yoshlarga yer maydonlari ajratildi;

46 nafar yoshlar Hududlarda tashkil etilgan alohida maxsus dastur asosida bandligi ta’minlandi.

Dasturi orqali yil yakuniga qadar 143 nafar yoshlarning bandligi ta’minlanishi rejalashtirilmoqda.

Jumladan, doimiy ish o‘rinlariga 42 nafar, kasb-hunar va zamonaviy kasblarga o‘qitish orqali 30 nafar, subsidiya asosida asbob-uskuna ajratish orqali bandligi ta’minlanadigan yoshlar 28 nafar, tadbirkorlik faoliyati uchun kredit ajratiladigan yoshlar 25 nafar, hududlarda tashkil tashkil etiladigan aloxida maxsus dastur va loyihalar doirasida bandligi ta’minlanadigan yoshlar 18 nafarni tashkil etadi.

Tumanda maktab bitiruvchilari 1 489 nafarni tashkil etib, ushbu yoshlarning
411 nafari OTM o‘qishga qabul qilingan.

Mehnat bozoriga kirib kelishi kutilayotgan 1221 nafar yoshlardan, doimiy ish o‘rinlariga 230 nafarini, tadbirkorlikka jalb qilish kredit ajratish orqali 112 nafarini, o‘quv kurslarida ta’limni davom etirish orqali 261 nafarini, Zamonaviy kasblarga (xorijiy tillar) o‘qitish orqali 213 nafarini, Hududlarda tashkil etilgan alohida maxsus dastur  orqali 18 nafarini,  professional ta’limga jalb etish orqali 153 nafarini, xususiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qamrab olish orqali 82 nafarini, kasb-hunar o‘qitish orqali 103 nafarini bandligini taminlash rejalashtirilgan.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida amalga oshirilgan ishlar.

Tumanda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida jami 75934 nafar yoshlar qamrab olindi.

Jumladan:   “Besh tashabbus olimpiadasi” ning  joriy yilgi mavsumiga jami 49 954 nafar yoshlar tanlov va musobaqalariga qamrab olindi, Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarga 9217 nafar, Boshqa loyiha va tadbirlarga 16763 nafar yoshlar ishtiroki ta’minlandi.

Tumanda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida jami 102627 nafar yoshlar qamrab olinadi.

Jumladan:

“Besh tashabbus olimpiadasi” ning  joriy yilgi mavsumiga jami 59612 nafar yoshlar tanlov va musobaqalariga qamrab olinadi, Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar orqali Yosh qutqaruvchilar, Salomatlik uchun 5000 qadam, Shunqorlar, Men ham askar bo‘laman kabi tadbir va loyihalarga  19876 nafar, Boshqa loyiha va tadbirlar orqali Gulxan atrofida, She’riy badiiy kechalar, Uch avlod uchrashuvi,  Milliy xalq o‘yinlari festivallariga 23139 nafar yoshlar qamrab olindi.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatchilik holati.

Tumanda bugungi kun holatiga yoshlar tomonidan 28 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, sektorlar kesimida tahlil qilinganda 1 sektorda 10 ta, 2 sektorda 8 ta, 3 sektorda 1 ta, 4 sektorda 9 tani tashkil etmoqda.

Jinoyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida o‘g‘irlik 11 ta, bezorilik 4 ta, avto ulov olib qochish 1 ta, yengil tan jaroxati yetkazish 1 ta, boshqa jinoyatlar 11 tani tashkil etmoqda.

Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan tizimli ishlash borasida 160 nafar yoshlarga Jinoyatchilikka moyilligi bo‘lgan yoshlarga ko‘maklar berildi,  437 nafar yoshlar bilan Profilaktik va psixologik suhbatlar o‘tkazildi, 47 marotaba muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi, 293 marotaba individual suhbatlar  tashkil etildi.

Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan tizimli ishlash borasida  75 nafar Jinoyatchilikka moyilligi bo‘lgan yoshlarga 184 nafar yoshlar bilan Profilaktik va psixologik suhbatlar o‘tkazilishi, 32 marotaba muhokama yig‘ilishlari, 127 marotaba individual suhbatlar  tashkil etildi

Bundan tashqari tumanda jinoyatchilikni oldini olish borasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Tungi reyd”, “Tig‘ tadbiri”, “Qalqon guruhi navbatchiligi” kabi tadbirlarni tashkil etish orqali mahallalarda targ‘ibot va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirilmoqda.

Teglar
- -