Tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Qaxramon Xoliqulov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani oʻtkazildi.
Mavzu: Tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish, sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish bo‘yicha joriy qilingan yangicha yondashuvlar o‘z samarasini bermoqda.
I. Xususan, 2023-yildan boshlab 5-toifaga mansub Qo‘shrabot tumanidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning alohida tartibi joriy qilinishi hisobiga ularga 2023-2024-yillarda 12,7 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlari berilgan. Natijada o‘tgan yilning o‘zida qariyb 700 ta tadbirkorlik subyekti tashkil qilinib, ularning soni 2,1 mingga yetgan, mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
2024-yilda investitsiya dasturlari doirasida 35,4 mln dollarlik 41 ta loyiha ishga tushirilgan. 23,6 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan (2023-yilda 2 mln dollar), eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 1,5 barobarga o‘sib, 3,5 mln dollardan oshgan.
2025-yilda investitsiya dasturlari doirasida 28,4 mln dollarlik 56 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 60,0 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi hamda
3,8 mln dollareksport amalga oshirish rejalashtirilgan.
Sanoat – 109,5 foizga, qurilish – 114,5 foizga, xizmatlar – 112,4 foizga, qishloq xo‘jaligi – 105,9 foizga o‘sgan.
Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq tumanda 85 mln dollarlik 3 ta yirik sanoat loyihasini ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.
Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik loyihalariga 54,2 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit va 1,5 mlrd so‘mlik subsidiya mablag‘lari ajratilgan. “Biznesga birinchi qadam” dasturi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga 8,2 mlrd so‘mlik mikroqarzlar berilgan.
Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalarini joriy qilish boshlangani, iqtisodiy kompleks mahallaga tushirilgani hisobiga 10 ta mahalla sanoat va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashtirilgan, 1,2 ming aholi rasmiy band bo‘lgan. 2 ta mahallada mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi mehmon uylari va dam olish maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Hududiy bandlik dasturi doirasida 8,1 ming aholining doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ish o‘rinlarida bandligi ta’minlanishi hisobiga, ishsizlik darajasi 7,2 foizdan 6,4 foizga kamaygan.
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida 8 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta’lim hamda sog‘liqni saqlash obyektlarida 20 mlrd so‘mdan ziyod qurilish ishlari bajarilgan. 63 km ichki yo‘llar ta’mirlangan, 4 ta ko‘prik qurilgan, 18 km ichimlik suvi tarmog‘i va 68 km elektr tarmog‘i tortilgan, 17 ta transformator o‘rnatilib, 102 tasi mukammal ta’mirdan chiqarilgan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining muammolarini hal etish, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘nalishida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 3,1 ming xotin-qizga hamda “Yoshlar daftari”dagi 729 nafar yoshga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Ushbu maqsadda 1,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan.
Mahalliy byudjetda 13,3 mlrd so‘mdan ziyod qo‘shimcha daromad shakllangan.
Tashabbusli byudjet jarayonlarida qariyb 17 ming aholi faol qatnashib, ular tomonidan ilgari surilgan 19 ta loyiha uchun 24,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 2024-yil yakuni bilan 2,3 ming oila (10,7 ming aholi) kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasini 16,2 foizdan 7,9 foizga tushirishga erishilgan.
2025-yilda tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida 1,6 ming oila (7,3 ming aholi)ni kambag‘allikdan chiqarish, kambag‘allik darajasini 5,1 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.
Bunda 3,1 ming kishi doimiy ish o‘rinlariga joylashtiriladi, 2,3 mingi tadbirkorlikka jalb etiladi, 149 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitiladi va 200 nafarining drayver loyihalarni amalga oshirish orqali hamda 941 nafarining boshqa yo‘nalishlarda bandligi ta’minlanadi.