Xon atlas haftaligi
Xon atlas haftaligi
Har yili mamlakatimizda xotin-qizlar ishtirokida “Xon atlas haftaligi” o‘tkazish an’anaga aylanmoqda.
Xon atlas, adras va beqasam matolardan betakror did bilan tikilgan liboslar latofatli ayollarimiz egnida yanada chiroy ochish bilan birga necha asrlik milliy va ma’naviy an’analarimizni ham yodga soladi.
Milliy qadriyatlarimiz, mato va liboslarimizni targʻib qilish maqsadida Qoʻshrabot tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi hamda tuman Madaniyat boʻlimi hamkorligida “Yoshlar” istirohat bog‘ida mazkur haftalik doirasida “Xon atlas festivali” bo‘lib o‘tdi.
Qoʻshrabot tumanidagi barcha korxona, tashkilot, muassasalarda “XON ATLAS” haftaligi doirasida tadbirlar davom etmoqda.