insurez
09-05-2025 09:00

Xotira ayyomi munosabati bilan nuroniy otaxonlar holidan xabar olindi


Xotira ayyomi munosabati bilan nuroniy otaxonlar holidan xabar olindi

9-may-Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan urush va mehnat faxriylari, front ortida fidokorona xizmat qilgan nuroniylar e’tibordan chetda qolmayapti.

Bugun, erta tongdan tuman hokimi D.Shakarboyev, tuman “Nuroniylar” jamg‘armasi raisi Sh.Djaniqulov, tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Y.Murtozayev front ortida mehnat qilgan, hozirda keksalik gashtini surayotgan Qo‘shrabot mahallasida yahovchi 97 yoshni qarshi olgan nuroniy otaxon Ismoilov To‘raqul bobo va Yuqori Jo‘sh mahallasi Yo‘l o‘tar qishlog‘ida yashovchi 97 yoshni qarshi olgan Kubayev Tirkash bobo holidan xabar oldilar.

Shu kabi tumanimizdan 22 nafar front ortida fidokorona xizmat qilgan faxriylarga ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi esdalik yubileyi medali, 3 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda bayram sovg‘alari topshirildi. 

Teglar
- -