Y O L G‘ O N A X B O R O T T A R Q A T G A N L I K U Ch U N J A V O B G A R L I K M U Q A R R A R
Y O L G‘ O N A X B O R O T T A R Q A T G A N L I K U Ch U N
J A V O B G A R L I K M U Q A R R A R
Sir emaski oxirgi yillarda iqtisodiy rivojlanishga monand ravishda Jaxonda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni keskin oshdi, internet dan foydalanish, internet orqali axborot olish va almashish diyarli ko‘pchilik aholini kundalik hayot tartiziga kirib bo‘ldi.
Afsuski, ijtimoiy tarmoqlardan olinayotgan hamma axborotlar va ma’lumotlarni barchasini to‘g‘ri deb bo‘lmaydi, kimlardir o‘zlari uchun “piar” yoki sahisafiga a’zolar sonini oshirish uchun yolg‘on ma’lumot va axborotlarni tarqatsa, kimlardir ataylab, kimdandir o‘ch olish maqasddan internetdan foylanmoqdalar.
Bu esa haqli ravishda ko‘plab fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lib kenilayotgan edi va tergov-sud amaliyotida shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatganlik, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatganlik uchun qonunchilikda alohida javobgarlik nazarda tutuvchi normasi mavjud bo‘lmaganligi sababli esa ko‘pchilik holatlarda bunday holatlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks ning 40-41-moddasi bilan tartibga solinar, bu esa aybdor deb topilgan shaxslarga tegishli jazo tayinlash va harakatlarni tegishli tartibda malakalashda qiynchilik yuzaga kelib, ko‘pchilik holatlarda bahsli vaziyatlarni keltirib chiqarar va shunday harakatlar sodir etgan shaxslarga tegishli chora ko‘rilmasdan qolishiga sabab bo‘layotgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ushbu masala o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan 19.12.2020-yilda maqullangan va 25.12.2020-yilda kuchga kirgan O‘RQ-658-sonli qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi va Jinoyat Protsessual Kodeksi hamda Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodekslariga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Endilikda yolg‘on axborot tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 2022–moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, bunda “Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish — azaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish —bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi” va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga 2446–moddasi kiritilgan bo‘lib, bunda “Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa —bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, ushbu Kodeksning 2441-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran yoki xavfli residivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) ommaviy tadbirlar jarayonida yoki favqulodda vaziyat holatida;
b) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan holda;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi” deb ko‘rsatildi.
Xulosa qilib aytganda, endilikda har bir axborotni tarqatishda, avvalombor axborotni to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish, asossiz ravishda o‘zga shaxsning shaxsini qadr-qimmatini kamsitmaslik, obruysizlantirmaslik lozim va bilib bilmay o‘zga shaxsning sha’ni va qadar-qimmatini kamsitish va obruysizlantirish, asossiz har qandiy mish-mishlarni, yolg‘on axborotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik muqarradir.
Qo‘shrabot tuman IIB huzuridagi
Tergov bo‘linmasi surishtiruvchisi
mayor A.A.Rahmatov