Yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Tuman Yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi Jaloliddin Oʻtaboyev ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Mavzu: Yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.
Yoshlar bandligini ta’minlash dasturi doirasida 530 nafar ishsiz yoshlar, 1643 nafar bitiruvchi, jami 2173 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. 2024-yil davomida tumanda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha 563 nafar yoshlar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi. Shundan: 97 nafar Yoshlar daftari orqali doimiy ishga joylashtirildi.
68 nafar yoshlarga o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida asbob-uskunalar ajratildi;
6 nafarga dehqon xo‘jaligini yuritish maqsadida yoshlar daftari orqali yer maydonlari ajratildi;
Tumanda 212 nafar yoshlar kasb-xunarning tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, sartaroshlik, yo‘nalishlarida kasb-hunarga o‘qitildi.
106 nafar “Uztoz-shogirt” an’anasi doirasida milliy liboslar tayyorlash, gul bosilgan gazlamalar, tayyorlash, yo‘nalishlarida xunarmandlarga biriktirildi.
Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik sohasida 96 nafar, qishloq xo‘jaligi sohasida 268 nafar, qurilish sohasida 112 nafar va yoshlarning qiziqishlari hoxish istaklari bo‘yicha 896 nafar yoshlar mavsumiy ishlarga jalb etildi.
«Yoshlar bandlik dasturi»ga kiritilgan 2865 nafar maktab bitiruvchilari;
342 nafari doimiy ishga,
162 nafari jamoat ishlariga,
32 nafari kasb-hunarga,
19 nafariga subsidiya,
56 nafariga kredit mablag‘lari,
746 nafari Usta-hunarmandlarga,
1243 nafari alohida maxsus dasturlar orqali bandligi ta’minlandi.
339 nafari ta’limdan keyingi bosqichga qabul qilindi.