Qo‘shrabot tumanida Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan bugungi kunda qanday ishlar amalga oshirildi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli farmoni hamda 2022-yil 31-martdagi xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmon va 145-sonli qaroriga asosan, 4-bosqich “Аyollar daftari”ni shakllantirish uchun yangi farmon va qarorlar bilan o‘quv seminarlar orqali bilim va ko‘nikmalar berilgan hamda xatlovlar jarayonlari olib borilmoqda, jumladan, 30 yoshdan yuqori xotin-qizlar 23828 nafarni tashkil qilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga 15002 nafar xotin-qizlar bilan so‘rovnomalar to‘ldirildi, 26 nafar xotin-qizlar, shu jumladan 14 nafari ichki migratsiya, 4 nafari tashqi migratsiya, 8 nafari sog‘lig‘i tufayli kasalxonada davolanayotganligi sababli so‘rovnomalar to‘ldirilmadi. Xatlov jarayonlari 31-yanvar kuniga qadar davom etadi.

Tumanda haftaning payshanba kunlari IIB bilan birgalikda huquqbuzarlikning oldini oilsh bo‘yicha mahallalarda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari 2023-yil uchun shaʼriy nikohda yashayotgan 62 ta oilalarning ro‘yxatlari shakllantirildi va 10 ta oilaning nikohlari qonuniy rasmiylashtirildi, tumanda haftaning chorshanba kuni ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish kuni qilib belgilangan bo‘lib bugungi kungacha ajrim yoqasiga kelib qolgan 67 ta oilalardan 11 tasining muammolari bartaraf etilib yarashtirildi, notinch, farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan 59 ta notinch oilalar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, shundan 7 ta oila yarashtirilib, tinch-totuv yashab kelmoqda.

Tuman FXDYO qoshida VMning 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qarori ijrosi bo‘yicha haftaning seshanba va juma kunlari Yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash markazida yosh kelin-kuyovlar hayotga tayyorlanmoqda va bugungi kunga qadar 52 nafar yosh kelin-kuyovlar o‘qitildi.  

Ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta‘minlash maqsadida tumanimizning 45 ta mahallalaridagi xotin-qizlar faollari tomonidan ro‘yxatlari shakllantirildi va bandligini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.

2015-2023 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM