Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Qo‘shrabot tumaniga tashrif buyurdi

Tuman hokimligi majlislar zalida o'tayotgan jarayon davomida mas'ullarning tumanni 2023-yilda rivojlantirish bo'yicha taqdimotlari muhokama qilindi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar taqdimoti, eksport ko‘rsatgichlari, xizmatlar sohasi, yashil energiya hamda elektr tarmoqlari va barcha  yo‘nalishlarda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Hokim o‘rinbosarlari, hokim yordamchilari va soliq inspeksiyasi vakillarining hisoboti eshitilib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi rejalari belgilandi.

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM