Navro'z bayrami keng nishonlandi

Image_tadbir: 

NAVRO‘Z SAYLIDAN LAVHALAR

Joriy yilning 14-mart kuni  tumanimizning Qirq ovul qishlog‘ida “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!”  shiori ostidagi Navro‘z sayli boʻlib oʻtdi.

Navro‘z saylida uloq ko‘pkari, kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish kabi milliy sport o‘yinlari o‘tkazilib, g‘oliblar tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Qo‘shrabot madhi – dillarda doston” ijodiy tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbiriga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xushovoz xonanda Hosila Rahimova  tashrif buyurib, tadbirni yana-da koʻtarinki ruhda oʻtishini taʼminladi.

Shuningdek, Navro‘z saylida turli sahna chiqishlari, milliy sport o‘yinlari va musobaqalar, milliy  taomlar va urf-odatlar ko‘rgazmalari namoyish etildi.

  

 

 

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM