Yo‘l transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

            Qo‘shrabot tumani IIB YHXG tomonidan tuman hududidan o‘tuvchi va qishloq ichki yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalarining oldini olish yuzasidan tegishli tartibda targ‘ibot ishlari olib borilayotgan bo‘lishiga qaramasdan yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lmoqda. Jumladan:

YTH BO‘YICHA

Qo‘shrabot tumani hududida 2023-yil 3 oyi davomida o‘tgan 2022-yilga nisbatan tahlil qilganimizda YTH 1 taga kamaygan,  o‘lim 3 taga ko‘paygan, tan jarohati 3 taga kamaygan.

Yo‘l transport vositalarini oldini olish maqsadida 2023-yil 15-fevraldan, 15-martga qadar “Harakat xavfsizligi oyligi”, tadbirini o‘tkazish bo‘yicha yo‘llarga piyodalar o‘tish chiziqlarini chizish, ko‘rinish cheklangan joylarga yo‘l belgilari o‘rnatish, yoritish chiroqlari o‘rnatish, 4R-55 avtoyo‘liga svetofor qurilmasini o‘rnatish, 48, 78, 77-maktablar oldiga tugmachali svetofor qurilmasini o‘rnatish yuzasidan tuman hokimiga axborotnoma berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi 316-sonli qarori asosida “Xavfsiz va ravon yo‘l” hamda vazirlikning 2018-yil 09-apreldagi 10-sonli “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash” qarori yuzasidan maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha sinfxonalar tashkil etildi.

           2023-yil davomida avtoavariyalarning oldini olish maqsadida yo‘l ulov hodisalari ko‘plab sodir etilayotgan tumandagi “Shavona” MFY, Oqmachit MFY, Chimmos MFY, “Buloqboshi” MFY, “Namuna” MFY, “Yuqorisaroy” MFY, “Zarkent” MFY, “Qo‘rolos” MFYlarda va Navoiy kon metallurgiya 10-avtobaza va tumandagi tashkilotlar, korxonalar rahbarlari hamkorligida hamda mahalla faollari ishtirokida suhbatlar o‘tkazildi.

TARGIBOT-TASHVIQOT ISHLARI BO‘YICHA

Targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha 4 ta maktablar, 8 ta mahallalarda va 1 ta tashkilot, korxona va MChJlarda yig‘ilish o‘tkazildi.

MA’MURIY AMALIYOT ISHLARI BO‘YICHA

2022-yil davomida yo‘l harakati qoidalari talabiga bo‘ysinmagan haydovchilarga nisbatan Qo‘shrabot tuman IIB YHXG xodimlari tomonidan bayonnomalar rasmiylashtirildi va jarima summalarini undirish choralari ko‘rildi hamda mast holda transport vositasini boshqargan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun Qo‘shrabot tuman ma’muriy sudiga yuborildi.

 

 MJtKni moddasi

 

Soni

125-m 1-k

Xavfsizlik kamari

9

128-m

 

2

129-m

Mansabdor shaxs

7

131-m

Mast boshqarish

6

135-m 1-2k

Hujjatsiz boshqarish

13

133-modda

YTH sodir qilgan

8

134-modda

 

2

147-i

Yo‘l inshootlariga zarar yetkazish

3

194-m

IIB xodimlariga bo‘ysinmaslik

1

 

                    J A M I

51

 

TEXNIKA NAZORATI BO‘YICHA

2023-yil davomida jimoniy shaxslarga tegishli jami 380 ta transport vositalari, yuridik shaxslarga tegishli 3 ta transport vositalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

YO‘L NAZORATI BO‘YICHA

Tuman hududidan o‘tuvchi jami avtomobil yo‘llar 267 km. bo‘lib, shundan
4R-55-Mitan-Qo‘shrabot-Nurota yo‘li 66 km, 4R-43 Marjonbuloq-Zarmitan-Qo‘shrabot yo‘li 31 km. va 4R-247 Oqtepa-Qo‘rli-Dehqonobod yo‘li 5 km. davlat ahamiyatidagi yo‘llar jami 102 km.ni tashkil etadi. Qolgan 165 km. avtomobil yo‘llar mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardir. Ushbu yo‘llarda 8 ta yetishmaydigan yo‘l belgilari o‘rnatildi, 12 dona eskirgan yo‘l belgilari almashtirildi va 18 dona yo‘l belgilari ta’mirlandi va yo‘llarning holatini yaxshilash va ularni saqlash, joriy ta’mirlash, yo‘l belgilari o‘rnatish yuzasidan TYFUK ga 4 marta yozma ko‘rsatmalar berildi va taqdimnoma kiritildi.

                                           

 

Qo‘shrabot tuman IIB JXX YHXG

katta inspektori katta leytenant                                                                     A.Ochilov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM