Jo'sh ota mahallasida navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi

Joriy yilning 28-mart kuni Jo'sh ota mahallasi hududida joylashgan 1-sonli kasb-hunar maktabida tuman hokimi D.Shakarboyev hamda sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov va tashkilot rahbarlari tomonidan o'tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan ishga joylashish, kredit olish, ichimlik suvi, elektr-energiya,  yo'l, uy-joy olish va shu kabi 45 nafar fuqarodan 68 ta murojaatlar kelib tushdi.

Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat shu yerning o'zida tegishli soha mutaxassislari hamda murojaatchi tomonlar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.

Ro'yxatga olingan murojaatlar ijro holati yuzasidan tuman hokimiga axborot kiritilishi belgilandi.

 

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM