Qo‘shrabot tumani Sanoat zonalarida amalga oshirilgan yangi loyihalar haqida

Qo‘shrabot tumani “kichik sanoat zonasi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3607-sonli qaroriga asosan
0,80 ga yer maydonida tashkil etilgan.

Viloyat hokimining 2018-yil 24-martdagi 175-Q-sonli “Samarqand viloyati “Kichik sanoat zonalari direksiyasi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Nizom tasdiqlangan.

Tuman hokimining 2018-yil 27-mart kuni №764-Q sonli qarori asosida ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi. Ishchi guruh tomonidan Qo‘shrabot MTPda xatlov o‘tkazilib, 2018-yil 30-mart kunida tuman hokimligi hamda “Samarqand viloyat Agroservis MTP” MChJ o‘rtasida obyektni topshirish qabul qilish dalolatnomasi tuzib tasdiqlandi. Shu asosida “Qo‘shrabot tumani MTP” yer maydoni va bino-inshoo­tlari tuman hokimining 2018-yil 31-martdagi 867-Q-sonli qaroriga muvofiq hokimlik zaxirasiga olindi.

Qo‘shrabot kichik sanoat zonasining bosh rejasi “Maroqand Bunyodkori” loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilgan.

Tumanda KSZ hududiga ko‘plab loyihalar joylashtirish hamda mazkur hududda ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish maqsadida mazkur hududdan qo‘shimcha yer maydoni olinib, umumiy 3,89 ga yer maydoni tuman hokimligi zaxirasiga olindi.

Tashkil etilgan kichik sanoat zonasida yo‘l, yuqori kuchlanishli elektr havo liniyasi va tabiiy gaz liniyasi mavjud bo‘lib, tuman Gaz ta’minot bo‘limi tomonidan GRP o‘rnatildi. Qaror ilovasiga asosan tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 160 kVA quvvatli mavjud transformator o‘rniga 400 kVA quvvatli transformator olib kelib o‘rnatildi shuningdek, Samarqand “Injenering kompaniyasining” buyurtmasiga asosan “New continent” pudratchi korxonasi tomonidan shartnoma summasi 319 mln 600 ming so‘m bo‘lgan suv arteziani qurilib KSZ ishtirokchilarning bino va inshootlariga qadar suv tarmog‘i tortib berilgan. 

Mazkur hududga umumiy qiymati 11 mlrd 136 mln so‘mlik shundan
8 mlrd 404 mln o‘z mablag‘i, 2 mlrd 732 mln so‘mi bank krediti bo‘lgan
125 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan 11 ta loyiha joylashtirilgan.

Bugungi kunda yuqorida joylashtirilgan loyihalardan  umumiy qiymati  9 mlrd 265 mln. so‘mlik, shundan 5 mlrd 845 mln o‘z mablag‘i,
2 mlrd 732 mln so‘mi bank krediti bo‘lgan 8 ta loyiha  ishga tushirildi va natijada 84 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Faoliyat boshlagan korxonalar tomonidan bugungi kunda trikotaj mahsulotlari, qurilish materiallari va tumanimiz uchun eng zarur bo‘lgan tomchilatib sug‘orish shlanglari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM