
Inson manfaatlarini ta'minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugun, 17-may kuni tuman hokimi D.Shakarboyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida"Qo'rg'on" MFY 88-umumta'lim maktabida navbatdagi sayyor qabuli o'tkazilib, aholini qiynab kelayotgan murojaatlari tinglandi. Qabul davomida 21 nafar fuqarodan 24 ta murojaatlar asosan, elektr energiyasi, tibbiyot, uy-joyini ta'mirlash, ishga joylashish,dorixona ochish, tikuvchilik kursini ochish va shu kabi masalalar kelib tushdi.
Bildirilgan murojaatlarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlash bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati