RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘shrabotning unutilgan qishlog‘i aholisi taqdiri nima bo‘ladi?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan maqola yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Ushbu maqolada e’lon qilingan holat mutaxassislar tomonidan o‘rganish olib borildi. O‘rganish natijalari yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Samarqand viloyati hokimining 2015-yil 25-avgustdagi 180-sonli qaroriga asosan Qo‘shrabot tumanidagi Zarmitan oltin koni “O‘rtaliq” karyeri va “G‘o‘jimsoy” koni 1-shaxtasining xavfli muhofaza hududiga Bozorjoy mahallasining Qo‘rg‘on qishlog‘i hamda sobiq Zarmitan, Tegirmonovul, Buloq mahallalari hududida yashovchi jami 387 xonadonlar ko‘chirilgan.

Maqolada ko‘rsatilgan Bozorjoy mahallasining Qo‘rg‘on qishlog‘i aholisini bugungi kunda ko‘chirish nazarda tutilmaganligi hamda bu masalaga aniqlik kiritish maqsadida Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Janubiy kon boshqarmasiga xat yuborilganligi ma’lum qilinadi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Janubiy kon boshqarmasining xulosasiga asosan qo‘shimcha axborot beriladi.

Maqolada aytib o‘tilgan ichimlik suvi masala yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabridagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 408-sonli Qaroriga asosan aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Bozorjoy mahallasida 909.3 mln. so‘mga 1 ta suv inshooti, 2.2 km suv tarmog‘i  hamda suv inshootida artezian qudug‘i qazish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirilgan bo‘lib hozirda reja-grafik asosida aholiga suv yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, tabiiy gaz ta’minoti masalasi bo‘yicha Bozorjoy mahallasida yashovchi aholi xonadonlariga tabiiy gaz yetib borishida muammolar bo‘lgan hududlarni tabiiy gaz bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ-2367-sonli Qarorining 1-ilovasi 18-bandi, Samarqand viloyati hokimining 2015-yil 10-avgustdagi 174-Q-sonli va Qo‘shrabot tumani hokimining 2015-yil 30-iyuldagi 623-Q-sonli qaroriga asosan Bozorjoy mahallasining ayrim hududlari tabiiy gaz tanqisligi sezilgan hududlar ro‘yxatiga kiritilganligi va suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilganligi sababli, grafik asosida suyultirilgan gaz bilan doimiy ta’minlab kelinayotganligini ma’lum qilamiz.

Bozorjoy mahallasi Qo‘rg‘on qishlog‘i hududida internet tarmog‘iga ulanish istagi bor fuqarolar uchun texnik imkoniyatlar to‘liq mavjud bo‘lib  Uztelecom bog‘lamasi tuman filiali bilan shartnoma rasmiylashtirish orqali internet tarmog‘iga ulanish mumkinligi ma’lum qilinadi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2023 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM