Qo‘shrabot delegatsiyasi Xitoyning Shensi provinsiyasida

Joriy yilning 2-sentyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasi partiya qo‘mitasi kotibi Chjao Ide boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashilgan edi.  (https://t.me/qushrabottumanhokimligi/12685?single)

Uchrashuv davomida Samarqand va Shensi o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari borasidagi qator takliflar o‘rtaga tashlanib, kelgusida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar xususida atroflicha so‘z yuritilgan edi.

Ayni paytda Samarqand delegatsiyasi a'zolari Xitoyning Shensi provinsiyasida bo'lib turibdi. Xususan, Qo‘shrabot tumani hokimi D.Shakarboyev boshchiligidagi vakillar ham tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida manfaatli loyihalar bilan ikki tomonlama hamkorlik bitimlari imzolashmoqda.

 

2015-2023 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM