Sayyor qabul

Sayyor qabul

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 28-noyabr kuni tuman hokimi D.Shakarboyev va Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati B.Eshmirzayev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Qabul davomida asosan ishga joylashish, kredit olish, tibbiyot, nafaqa, tabiiy gazga ulanish, elektr energiya, ichimlik suvi va boshqa masalalar yuzasidan 34 ta fuqarodan 39 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning ijobiy hal etilishi bo'yicha tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko'rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM