“16 kun tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish” loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 3-dekabr kuni Qo'shrabot tumani Yuqori Saroy MFY 15-maktab va Quvkalla MFY 70-maktab binosida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida “16 kun tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish” loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman Oqila ayollar harakati rahbari Raxima Shirinqulova, Yuqori saroy xotin-qizlar faoli Munavvar Yunusova, Quvkalla MFY xotin-qizlar faoli Manzura Umarova, oqila ayollar, mahallalardagi faol ayollar, 15-maktab yuqori sinf o'quvchi qizlari hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Seminar davomida: Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilinishini ta’minlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash mavzularida so‘z yuritilib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan dolzarb vazifalarga to'xtalib o'tildi.
 
Loyiha doirasidagi tadbirlar joylarda davom etmoqda.

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM