Mahallalarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar

Tumanda bugungi kunda barcha yo‘nalishlarda jami 7258 ta tadbirkorlik subyektlari davlat xizmatlari markazidan ro‘yxatdan o‘tib, turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan, 1687 ta yuridik shaxs,

5571 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari tashkil etadi.

2022 yil 5 yanvardagi “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha”  Hukumat komissiyasi yig‘ilishining 2-sonli bayoniga asosan, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga ko‘ra tumanda umumiy qiymati 130 mlrd. 640 mln.so‘mlik 571 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan 120 ta loyiha shakllantirilgan edi. Jumladan:

- sanoatda umumiy qiymati 45 mlrd 850 mln.so‘mlik 18 ta loyihalarda

203 ta ish o‘rni;

- xizmat ko‘rsatish sohasida umumiy qiymati 34 mlrd 660 mln.so‘mlik

29 ta loyihalarda 85 ta ish o‘rni;

- qishloq xo‘jaligi sohasida umumiy qiymati 50 mlrd 130 mln.so‘mlik

73 ta loyihalarda 283 ta ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Bugungi kunga qadar tasdiqlangan dastur va qo‘shimcha shakllantirilgan loyihalar negizida umumiy qiymati 134 mlrd 305 mln.so‘mlik 97 ta loyihalarda 771 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.

Jumladan:

- sanoatda umumiy qiymati 51 mlrd 900 mln.so‘mlik 5 ta loyihada 482 ta ish o‘rini;

- xizmat ko‘rsatish sohasida umumiy qiymati 43 mlrd 940 mln so‘mlik

35 ta loyihalarda 84 ta ish o‘rini;

- qishloq xo‘jaligi sohasida umumiy qiymati 38 mlrd 465 mln.so‘mlik

57 ta loyihalarda 205 ta ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlandi.

Shuningdek, 2023-2024 yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 173,0 mlrd.so‘mlik 616 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan 30 ta dastlabki loyihalar ishlab chiqilgan va hozirda loyihalarni shakllantirish ishlari davom etmoqda.

Misol uchun, Chimmos MFY hududida “ZARAFSHON TEKSTIL” MCHJ tomonidan tashkil etilgan loyiha qiymati 40 mlrd.so‘mlik yirik Tikuvchilik kompleksi tashkil etilishi natijasida 450 nafardan ziyod xotin-qizlar bandligi ta’minlandi.

“GRANITE STONE TECHNOLOGY” MCHJ tomonidan  umumiy qiymati 5,5 mlrd so‘mlik 20 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan granit toshlarini qazib olish loyihasi foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil

3 dekabrdagi PF-29-sonli Farmoni hamda PQ-31-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan “hokim yordamchilari” lavozimi mahallalarda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi kunga qadar oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida

1755 nafar talabgorga turli yo‘nalishlarda 43,4 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan 637 nafar muxtoj fuqarolarga o‘zini-o‘zi band qilish va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun jami

2,958 mlrd.so‘mlik asbob-uskuna, urug‘lik ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratildi.

Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida hokim yordamchilarining ko‘magida

xunarmandchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha 128 nafar fuqarolar ro‘yxatdan o‘tkazilib, 537 nafar fuqaro uztoz-shogird an’analari asosida faoliyatini boshladi.

Shuningdek, o‘zini-o‘zi band qilish yo‘nalishida (PQ-4742) 5892 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan.

Joriy yil boshidan buyon davlat xizmatlari markazi orqali 233 ta yangi kichik biznes subyektlari;

1178 ta yakka tartibdagi tadbirkor va dehqon xo‘jaliklari ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Tumandagi turli xizmat ko‘rsatish va boshqa tadbirkorlik subyektlarida norasmiy faoliyat yuritib kelayotgan 1552 nafar fuqarolar faoliyati rasmiylashtirildi.

Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-sonli qarori ijrosi yuzasidan bugungi kunga qadar, jami 17 ta mahalladan 374 ta lot 189 gektar yer maydonlari “E-AUKSION” platformasida 374 nafar fuqaro g‘olib deb topilib, belgilangan tartibda yer maydonlari ajratib berildi. Shundan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolardan 126 nafari tanlov g‘olibi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 71-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tumanda “E-AUKSION” platformasi orqali 10 gektar yer maydonidan 410 ta lot ajratilib, elektron savdolarga chiqarildi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM