TUMANGA TOʼGʼRIDAN-TOʼGʼRI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga moʼljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʼgʼrisida”gi PQ-72 sonli qaroriga kura 2022 yilda tumandan yangi ish oʼrinlari 35 ta boʼlgan 2 ta loyiha tasdiqlangan. 

Mazkur loyihalar boʼyicha yil yakuniga qadar 2,7 mln АQSh dollari miqdoridagi toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar oʼzlashtirilishi belgilangan.

 9 oy yakuni bilan 1,7 mln АQSh dollari miqdoridagi toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar oʼzlashtirish rejasining ijrosi 100 foizga taʼminlandi.

Jumladan:

(PQ-72) 2019 yil apreldagi Prezidentimizning Turkiya davlatiga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlar natijasida tumanda “ALIHAN ORGANIC AGRO LLC” MChJ XK tashkil etilgan. 

Korxonaga 2156 ga yer maydoni ajratilgan boʼlib, ushbu yer maydonining 

500 ga lavanda guli, 500 ga tok koʼchatlari, 300 ga bodom, 200 gektar naʼmatak, 

256 gektar yongʼoq 50 ga olxoʼri, 50 gektar tut, 300 gektar timyan, 100 gektar kovul ekilishi rejalashtirilgan.

Xorijiy korxona tomonidan bugungi kunga qadar 250 gektar yer maydoniga lavanda, 50 gektar yer maydoniga tok, 80 gektar yer maydoniga bodom, 50 gektar yer maydoniga yongʼoq, 100 gektar yer maydoniga naʼmatak ekildi. Hozirda kuzgi ekish ishlari yakuniga yetkazilgan. 

Xorijiy korxona tomonidan bugungi kunga qadar jami 2,3 mln АQSh dollari miqdorida toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar oʼzlashtirilgan.

2022 yilda korxona tomonidan PQ-72 sonli qarorga asosan 

500 ming АQSh dollari miqdorida toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi belgilangan boʼlib, amalda 900 ming АQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar jalb etilib, yillik reja 180 foizga bajarilishi taʼminlandi.

(PQ-72) Koreya davlati bilan hamkorlikda 2020 yil 10 oktyabrda tashkil etilgan “HАYBI GROUPS” MChJ qoʼshma korxonasi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevraldagi “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi sohasidagi nizomlarni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 85-sonli qaroriga asosan tumanda “Kannabis oʼsimligi yetishtirish va qayta ishlash” loyihasi uchun bugungi kunda qadar 600 ming АQSh dollari miqdorida toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar oʼzlashtirgan.

Bugungi kunda korxonaga yer maydoni ajratish boʼyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori chiqishi uchun barcha hujjatlar taqdim etilgan.

 Hozirda ish jarayoni ketmoqda.

Qoʼshimcha loyiha “QO'SHRABOT LOHMANN PARRANDA” MChJ tomonidan umumiy qiymati 64 mlrd soʼmlik Germaniya texnologiyasi asosida “Nasilli parrandachilikni rivojlantirish” loyihasi amalga oshirildi.

Mazkur loyiha doirasida 900 ming АQSh dollar miqdoridagi xorijiy kreditlar oʼzlashtirildi.

Hozirda, Xitoy davlati tadbirkorlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “YIDE MINING KOMPАNY” MChJ xorijiy korxonasi, Hindiston davlati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “EDIFАYS ELITE” MChJ xorijiy korxonalari tomonidan qoʼshimcha toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi boʼyicha muzokaralar olib borilmoqda.

2022 YILDА HUDUDIY INVESTITsIYa DАSTURI IJROSI 

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan 

2022 yilda umumiy qiymati 130 mlrd. 640 mln.soʼmlik 571 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishi koʼzda tutilgan 120 ta loyiha shakllantirilgan.

Jumladan: 

- sanoatda umumiy qiymati 45 mlrd 850 mlnsoʼmlik 

18 ta loyihalarda 203 ta ish oʼrini;

- xizmat koʼrsatish sohasida umumiy qiymati 34 mlrd 

660 mln soʼmlik 29 ta loyihalarda 85 ta ish oʼrini;

- qishloq xoʼjaligi sohasida umumiy qiymati 50 mlrd 

130 mlnsoʼmlik 73 ta loyihalarda 283 ta ish oʼrinlari yaratilishi belgilangan.

Bugungi kunga qadar tasdiqlangan dastur va qoʼshimcha loyihalar negizida umumiy qiymati 158 mlrd 846 mln.soʼmlik 116 ta loyihalarda 856 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishiga erishildi.

Jumladan:

- sanoatda umumiy qiymati 57 mlrd 561 mln.soʼmlik 6 ta loyihada 

487 ta ish oʼrini;

- xizmat koʼrsatish sohasida umumiy qiymati 54 mlrd 490 mln soʼmlik 

41 ta loyihalarda 106 ta ish oʼrini;

- qishloq xoʼjaligi sohasida umumiy qiymati 46 mlrd 

795 mln.soʼmlik 69 ta loyihalarda 263 ta ish oʼrinlari yaratilishi taʼminlandi.

Kelgusi 2023 yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan, umumiy qiymati 524 mlrd.soʼmlik 935 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishi koʼzda tutilgan loyihalar shakllantirildi.

Jumladan:

- sanoatda umumiy qiymati 313 mlrd 817 mln.soʼmlik 15 ta loyihada 

419 ta ish oʼrini;

- xizmat koʼrsatish sohasida umumiy qiymati 52 mlrd 210 mln soʼmlik 

18 ta loyihalarda 195 ta ish oʼrini;

- qishloq xoʼjaligi sohasida umumiy qiymati 158 mlrd 

140 mln.soʼmlik 11 ta loyihalarda 321 ta ish oʼrinlari yaratilishi taʼminlandi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM