Hududlarda xotin-qizlar muammosi o'rganilmoqda

Avval xabar berganimizdek “Insonga e’tibor” tamoyili asosida bugun, 1-sektor rahbari, tuman hokimi D.Shakarboyev Shavona va Qiyqim mahallasida bo‘lib, aholi vakillari, xotin-qizlar bilan muloqot o‘tkazib, kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan tabrikladi. 

Yurtdoshlarimizga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Qabul davomida fuqarolardan Аyollar daftariga kiritish, tibbiy yordam olish, moddiy yordam tayinlash, ishga joylashtirish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Murojaatlarni oʼrganish davomida ularning ayrimlari joyida hal etildi va qolganlarini ijro etish boʼyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Uchrashuvlar joylarda davom etmoqda...

  

 

  

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM