Sessiya

Joriy yilning 30-dekabr kuni Xalq deputatlari Qo'shrabot tuman kengashining navbatdan tashqari ellik oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

gerb“Qo‘shrabot tumani mahalliy byudjetining 2022-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2023-yilgi mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi xalq deputatlarining Qo‘shrabot tuman Kengashi qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 147-moddasiga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining
02-RA 1/1-1535-sonli ko‘rsatmasiga ko‘ra
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi  O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozilgan qo‘shma axborotini inobatga olib,  xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman Kengashining “Qo‘shrabot tumani mahalliy byudjetining 2022-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2023-yilgi mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 6-yanvardagi VI-35-4-7-97-K/22-sonli Kengash qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida  xalq deputatlari Qo‘shrabot tumani Kengashi VI chaqiriq LVI sessiyasi

QAROR QILADI:

1. Xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman Kengashining “Qo‘shrabot tumani mahalliy byudjetining 2022-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2023-yilgi mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 6-yanvardagi VI-35-4-7-97-K/22-sonli Kengash qaroriga o‘zgartishlar kiritilsin.

 

1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

2022-yil uchun Qo‘shrabot tumanining tuman mahalliy byudjet

 

daromadlari prognoz ko‘rsatkichlari

 
   

ming so‘mda

 

T/R

Daromad turlari

Jami

 
 

JAMI

82 507 584.00

 

1

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

1 250 040.0

 

2

Aylanmadan olinadigan soliq

3 435 800.0

 

3

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

13 381 448.0

 

4

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i

442 000.0

 

5

Aksiz solig‘i.  Jami

2 725 000.0

 

 

shu jumladan:

 

 

 

 - yakuniy iste’molchilarga benzin,  dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i

2 725 000.0

 

6

Taqsimlanuvchi daromadlar (formula bo‘yicha)

21 694 000.0

 
 

Aholi soni (ming kishi)

135

 
 

Alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivo

8 211 000.0

 
 

Mobil aloqa xizmati

4 678 000.0

 
 

Sigaret uchun aksiz solig‘i

8 805 000.0

 
 

Ma’lumot uchun: 2021-yil parametr

56 845 724.00

 

7

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

24 372 000.0

 

8

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

2 426 000.0

 

9

Yuridik shaxslar yer solig‘i

3 829 600.0

 

10

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i

5 207 200.0

 

11

Qurilish materiallari bo‘yicha yer ostidan foydalanganlik uchun soliq

400 000.0

 

12

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

2 017 396.00

 

13

Yig‘imlar

1 309 000.0

 

14

Ijara

18 100.0

 

 

 

2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

2022-yil uchun Qo‘shrabot tumanining byudjetidan hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari

 

ming so‘mda

Ko‘rsatkichlar

miqdori

Xarajatlar miqdori.  Jami

157 538 858.2

1

 Xalq ta’limi bo‘limi

9 017 411.0

2

 Maktabgacha ta’lim bo‘limi

8 005 373.3

3

 Sogliqni saqlash bo‘limi

58 798 601.4

4

 Madaniyat bo‘limi

2 959 113.2

5

Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi

2 182 978.2

6

Qishloq xo‘jaligi bo‘limi

1 062 298.0

7

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi

1 357 326.8

8

Bandlik va mehnat munosabatlari bo‘limi

906 169.6

9

Moliya bo‘limi

1 364 431.0

10

Tuman hokimligi

62 827 146.2

11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Qo‘shrabot tuman Xalq qabulxonasi

181 333.0

12

Xalq deputatlari tumanKengashi

133 061.0

13

Yoshlar agentligi hududiy bo‘limi

3 139 896.3

14

O‘zbekiston Xotin-qizlar bo‘limi

1 486 941.2

15

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi

4 116 778.0

 

 

2. Tuman Moliya bo‘limi (M.Tayirov) viloyat mahalliy byudjetining 2022-yilgi daromad va xarajatlar rejalariga tegishli o‘zgartirish kiritsin.

4. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (I.Sayfiddinov) hamda tuman Moliya bo‘limi (M.Tayirov)larga, bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (B.Shukurov) zimmasiga yuklatilsin.

 

            Kengash raisi                                                                     D.Shakarboyev

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM