Янгиликлар

Bayramingiz muborak, aziz ayollar!

Joriy yilning 5-mart kuni Diyora bazmgohida 8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tuman hokimi Dilshod Shakarboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va tumanimiz xotin-qizlariga o‘zining bayram tabrigini yo‘lladi. Tadbirda xizmat faoliyatida o‘rnak ko‘rsatgan, namuna bo‘la olgan, ilg‘or va faol xotin-qizlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tantanali kechgan tadbir xushovoz xonandalarning kuy-qo‘shiqlari hamda ishtirokchilarning raqslariga ulanib ketdi.

Maxsus xizmatlarni qasddan  aldab chaqirganlik uchun javobgarlik muqarrar   

Bugungi kunda barchamizga ma’lumki Respublkamizda o‘tkazilayotgan sud-huquq  sohalarida o‘tkazilgan tup islohatlar natijasida fuqarolarning davlat  idoralarga murojaat qilish tartibi, shakli takomillashib, bu boradagi soddalashtirilgan tartiblar joriy qilingan va sohadagi har qanday byurokratik to‘siqlar bartaraf etilgan. 
Shu jumladan Ichki Ishlar idoralariga ham murojaat qilish tartibi  takomillashtirilib, murojaat qilinishlarda inson omili kamaytirilib, bu jarayonlar  raqamlashtirilgan.

Energiya  resurslaridan  qonunga xilof ravishda  foydalanganlik  uchun javobgarlik mavjudmi? 

O‘zbekiston  Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi  Kodeksining  101-moddasida Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini  buzganlik   uchun   javobgarlik  nazarda tutitlgan bo‘lib, unda umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM