PREZIDENT SOVGʼАSI QO'SHRABOTLIK BOLАJONLАRGА TOPSHIRILDI
Fri, 30/12/2022 - 16:15Bugun, 30-dekabr kuni Yangi yil bayrami munosabati bilan ota-onasidan bevaqt ayrilgan, mehrga muhtoj aziz bolajonlar uchun tumanimiz markazidagi “Nur” restoranida Yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari X.Ochilov, Qo‘shrabot tuman hokimi D.Shakarboyev va barcha sektor rahbarlari ishtirok etishdi.