Tuman hokimi qoʻshrabotlik boʻlgʻusi shifokorlar bilan uchrashdi
Thu, 15/02/2024 - 19:25Qoʻshrabot tumani hokimligi hamda Samarqand Davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda 15-fevral kuni Qoʻshrabot tumani hokimi bilan talabalar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qoʻshrabot tuman hokimi Dilshod Shakarboyev va tuman masʼullari, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev hamda universitetning qoʻshrabotlik professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.