Aholini uy-joy bilan ta’minlashda adolat ustuvor

Aholini uy-joy bilan ta’minlashda adolat ustuvor

Qo‘shrabot tumanida 2023-yil  subsidiya asosida fuqarolardan 976 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, 51 ta ariza yakka tartibdagi uy joylarni tamirlash, 5 ta ijobiy xulosa olgan.  925-ta  yangi uy-joy olish uchun kelib tushgan arizaning 47 ta ijobiy xulosa olgan.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori asosida  subsidiya olishga 18 yoshga to‘lgan fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.

Subsidiya olish uchun ariza berish tartibi:

Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida my.gov.uz orqali ro‘yhatdan o‘tib,  elektron tarzda ariza topshirishi mumkin.

Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:

-taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;

-taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;

-mas’ul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball to‘plaganda;

-ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;

-joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;

ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi: qishloqlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 6,9 baravarigacha (5 mln 671 ming 800 soʻmgacha);

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 8 baravarigacha (6 mln 576 ming soʻmgacha);

2015-2024 © Qo'shrabot tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM