Tumanda tashkil etilayotgan Urgut erkin iqtisodiy zonasi filialida yangi loyihalarni amalga oshirishga taklif etamiz!!!

Tadbirkorlar Diqqatiga!!!
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabr kuni qabul qilingan “Urgut erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5278 sonli Prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizdan 10 gektar maydon ajratilib, Urgut erkin iqtisodiy zonasi filiali tashkil etildi.
Tanlangan yer maydoni geografik jihatdan 
4R-55 avtomabil yoʼli bilan chegaradosh. Barcha turdagi kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanadi. Qolaversa, EIZ ishtirokchilariga qonun doirasida imtiyoz va preferensiyalar qoʼllaniladi.
Yer maydonlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 
21 dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn-auktsion orqali amalga oshiriladi.
“Urgut” EIZ hududidagi investitsiya loyihalarining obʼektlari foydalanishga topshirilgunga qadar zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi hamda mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, ularga talab etiladigan ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlanadi.
Talablar:
– Taklif etiladigan investitsiya loyihalari Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yoki ishlab chiqarish hajmi ichki bozor ehtiyojini qoplamaydigan yangi mahsulotga yoʼnalgan boʼlishi;
– Loyihalar eksportga yoʼnaltirilgan va import oʼrnini bosuvchi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga qaratilgan boʼlishi;
– Ishlab chiqarishga zamonaviy va yangi ishlab chiqarish uskunalarini jalb etilishi;
– Loyihalarni amalga oshirishda eng kam investitsiya miqdori 300 ming АQSh dollarini tashkil etib, moliyalashtirish manbalari aniq koʼrsatilishi lozim.
Yuqoridagi talablar toʼliq eksportga yoʼnaltirilgan investitsiya loyihalari uchun tatbiq etilmaydi.
Hududda quyidagi faoliyat turlari taqiqlangan:
– Ekologik va mehnatni muhofaza qilish standartlariga javob bermaydigan ishlab chiqarish;
– Qurol va oʼq-dorilar ishlab chiqarish;
– Yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar ishlab chiqarish;
– Аlkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
– Xom teriga ishlov berish, hayvonlarni haydab boqish yoki soʼyish; 
– Sement, beton, sement klinkeri, gʼisht, temir-beton plitalari ishlab chiqarish, koʼmir, ohak va gipsdan mahsulot ishlab chiqarish;
– Barcha turdagi chiqindilarni qayta ishlash, parchalash, yoqish, gazlashtirish, ularga kimyoviy vositalar bilan ishlov berish, ularni yakuniy va (yoki) vaqtincha saqlash va (yoki) yer ostiga koʼmib tashlash;
– Neftni qayta ishlash zavodlari, atom elektr stantsiyalari, yadroviy qurilmalar, radiatsiyaviy manbalar, qayta ishlangan yadroviy yoqilgʼi, radioaktiv moddalar va chiqindilar, shuningdek boshqa radioaktiv chiqindilarni saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun moʼljallangan punktlar hamda qurilmalarni joylashtirish.
Yuqoridagi talablarga javob beradigan loyiha takliflaringizni kutamiz!

Qoʼshrabot tuman hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo boʼlimi 
Murojaat uchun tel.: +998 (66) 646-16-83, +998 (93) 230-27-27, 
+998 (97) 922-19-94, +998 (97) 926-34-55

Image_elon: 
2015-2022 © Qo'shrabot tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM