insurez
20-07-2024 11:00

Tumanda tadbirkorlikni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ibodulla Sayfiddinov ishtirokida press-tur tashkil etildi.


Tumanda tadbirkorlikni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ibodulla Sayfiddinov ishtirokida press-tur tashkil etildi.

Press-tur ishtirokchilariga o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Jumladan: Tumandagi tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida barcha yoʻnalishlarda 7337 tani tashkil etadi, 1517 ta yuridik shaxs, 5820 ta YATT va dehqon xoʻjaliklari.

Yangi xizmatlarni joriy qilish, shu jumladan mikromoliyalashni kengaytirish orqali 45 ta MFYdagi 10 645 nafar aholini biznesga jalb qilish.

Bunda:

- 9 046 nafari oʻzini oʻzi band qilish;

- 355 ta YATTlar tashkil etish;

- 284 ta yangi korxonalar tashkil etish;

- 960 ta dehqon xoʻjaliklari tashkil etish.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish chiqarish hajmini 178,8 mlrd, soʻmga oʻsish sur’atini 109,2 foizga bajarilishi rejalashtirilgan.

2024-yilda qiymati 392,0 mlrd soʻmlik 690 ta yangi ish oʻrinli 4 ta loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan.

“URGANJI TEXTIL” MCH tomonidan qiymati 100 milliard soʻmlik Tikuvchilik fabrikasi tashkil etish loyihasi doirasida 500 ta yangi oʻrinlari yaratiladi.

Xizmat koʻrsatish hajmi 715,3 mlrd soʻmni tashkil etdi. Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 5002.1 soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 1023,5 soʻmga koʻpaydi.

Xizmatlar sohasini rivojlantirish hamda mahallalarda 20 ta zaruriy xizmat turlarini tashkil etish hisobiga 250 ta yangi xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish.

Avtomobil yoʻl boʻyida qiymati 27,5 milliard soʻmlik 14 ta amalga oshirish hisobiga 73 nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Turizm sohasini qiymati 5,1 milliard soʻmlik 26 ta loyiha amalga oshirish hisobiga 72 nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

115 ta koʻchma savdo faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini auksionga chiqarish rejalashtirilgan.

“GRANITE STONE TECHNOLOGY” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 5,5 mlrd soʻmlik 20 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etilgan granit toshlarini qazib olish loyihasi foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabr PF-29-sonli Farmoni hamda PQ-31-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan “Hokim yordamchilari” lavozimi mahallalarda ixtiyoriy islohotlarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etib kelmoqda.

Hozirga qadar hokim yordamchilari tavsiyasiga koʻra tadbirkorlik dasturlari uchun 455 nafar talabgorga turli yoʻnalishlarda 10,2 milliard soʻm kredit mablagʻlari ajratildi.

2024-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi asosida 45 ta mahallalardagi 8939 nafar aholini bandligini ta’minlash, bunda.

- 4083 nafar tadbirkorlik, savdo va xizmat koʻrsatish yoʻnalishida;

- 3792 nafar qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida;

- 366 nafar qurilish va kommunal sohasida;

- 698 nafar Investitsiya loyihalari va sanoatni rivojlantirish yoʻnalishida.

Qoʻshrabot tumanida (Shavona, Doʻstlik, Namuna, Mustaqillik, Boytoʻp, Joʻsh ota, Yuqori joʻsh, Urganji) 8 ta mahallada tikish, Oshpaz-qandolatchilik hamda kompyuter grafikasi yoʻnalanishlari boʻyicha 616 nafar ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga qayta oʻqitish rejalashtirilgan.

Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljal qilinmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi 71-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 7,57 gektardan iborat 193 ta yer maydonlari “E-AUKSION” platformasida savdolarga chiqarildi.

Mahallabay ishlash byicha nima ishlar qilinadi;

Tuman mahallalaridagi aholini xatlovi natijasida xonadonlar 3 ta toifaga ajratib olingan:

Birinchi toifada ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yaxshi oilalar 4 854 ta xonadon 25,9%; (Daromadi yuqori, oʻziga toʻq xonadonlar)

Ikkinchi toifada ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli oʻrtahol oilalar

11226 ta xonadon 60,0%; (Oʻrta daromadi)

Uchinchi toifada ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli oʻgʻir oilalar 6 614 ta xonadon 35,3% ajratib olingan. (Daromadi past)

Har bir oila tadbirkor” dasturi boʻyicha kredit mablagʻlari ajratilishi;

2024-yil uchun tadbirkorlik dasturi doirasida 3007 nafar aholi va tadbirkorlarga jami 100,0 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlari ajratilishi rejalashtirilgan.

Teglar
- -