insurez
19-04-2024 17:20

Akademik Qodir Gʻulomov Qoʻshrabotda boʻldi.


Akademik Qodir Gʻulomov Qoʻshrabotda boʻldi.

Bugun, shoir Gʻafur Gʻulomning oʻgʻli, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri va Prezident davlat maslahatchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan davlat arbobi bugungi kunda esa Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Gʻulomov Qodir Gʻafurovich tuman hokimi Dilshod Shakarboyev hamrohligida Qoʻshrabot tumanining Pichot mahallasida boʻldi.

Tumanning geografik joylashuvidan kelib chiqib, kelgusida xavfsiz va tejamkor quyosh fotoelektr stansiyalarini, shamol oqimining kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi shamol elektr stansiyasilarini shuningdek, generator va dvigatelning ishini boshqaruvchi avtomatik qurilma hamda ular oʻrnatiladigan inshootlardan iborat  shamol dvigatellarini qurish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Bundan koʻzlangan maqsad, tumanda xonadonlarga yetarli hajmda elektr-energiyasi ishlab chiqarish hisoblanadi.

Teglar
- -