insurez
24-09-2024 14:30

Aliment to‘lovlari oshadi


Aliment to‘lovlari oshadi

Majburiy ijro byurosining bo‘lim katta inspektori Hakimjon Ikromovning O‘zAga ma’lum qilishicha, aliment undiruvi 2024-yil 1-sentabrdan boshlab, qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, 1-oktabrdan boshlab, qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, xususiy sektor va budjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori esa 10 foizga oshadi.

Bundan tashqari, 2024-yil 1-oktabrdan ishsiz aliment to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan aliment miqdori ham o‘rtacha 10 foizga oshadi.

Ma’lumot uchun: Agar aliment to‘lovchi shaxs ishlamaydigan bo‘lsa yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblanadi.

Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi bosh yuristkonsul’ti B.Irzayev

Teglar
- -