Baliq ovlash uchun ham jazo borligini bilarmidingiz?
Baliq ovlash uchun ham jazo borligini bilarmidingiz?
Baliq ovlash ko‘pgina fuqarolarimizni qiziqarli xobbisi hisolanadi. Ushbu qiziqishni har doim va har vaqtda amalga oshirib bo‘lmaydi.
Baliqni ovlash baliqlarning urchish davrida, yaʼni Amudaryo va Sirdaryoda 11 martdan 31 maygacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida 26 apreldan 10 iyunigacha va boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16 apreldan 31 maygacha baliq ovlash taqiqlanadi.
Tabiiy suv havzalarida quyidagi baliq ovlash qurollari va vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:
- yoyma to‘rlar (nakidka);
- ikki tomonlama mahkamlanadigan 10 tadan ortiq ilgakli vositalar (peremet);
- maxsus tamg‘alanmagan va hisobga olinmagan har qanday to‘rlar;
- changakli ovlash vositalari (astraga);
- elektr qarmoq;
- mahkamlanadigan tuzoqsimon to‘rlar (venter, mordushka) va boshqa baliq ovlashning brakonyerlik qurollari.
Baliq ovlash qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi, xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etganlik uchun- shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 20 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi, shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, 3 yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash, —shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 40 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib,3 yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi.
I.Karimov,
Qo‘shrabor tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsult’i