insurez
24-09-2024 13:00

Dehqon xo‘jaligi bor bo‘lgan fuqarolar qanday soliq turlarini to‘laydi


               Dehqon xo‘jaligi bor bo‘lgan fuqarolar qanday soliq turlarini to‘laydi

Dehqon xo‘jaligi — oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi. Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunining  15-moddasiga binoan Dehqon xo‘jaligining faoliyati xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuviga qarab, muayyan ishni bajarish uchun mehnat shartnomasi shartlari asosida boshqa shaxslar vaqtinchalik (mavsumiy) asosda jalb etilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligining a’zolari, shuningdek dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar ijtimoiy soliq to‘laydi. Bunda dehqon xo‘jaligi boshlig‘i ijtimoiy soliqni majburiy tartibda, boshqa a’zolari va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar ixtiyoriy asosda to‘laydi. Ijtimoiy soliqni to‘lash dehqon xo‘jaligi a’zosining va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxsning mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir kalendar yil deb hisobga olinadi. Ijtimoiy soliqni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 17,402,403-moddalarida beldilanadi.

Dehqon xo‘jaligi mavjud bo’lgan fuqaro Soliq kodeksining 424-moddasiga asosan Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga to‘lovlar yer solig‘i yoki yer uchun ijara to‘lovi tarzda amalga oshiriladi.

 

Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Usarov

 

 

Teglar
- -