insurez
07-05-2024 18:38

DXX kubogining o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi tuman bosqich bahslari o‘tkazildi.


DXX kubogining o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi tuman bosqich bahslari o‘tkazildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sportga qiziqishini oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi” musobaqalari muhim o‘rin tutib kelmoqda.

Jumladan, bugun Qo‘shrabot tumanida o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha DXX kubogi musobaqasining tuman bosqichi bahslari o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy ruhda o‘tkazilgan musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan Mayintepa mahallasi jamoasi musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Teglar
- -