insurez
28-06-2024 11:10

Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish hamda fuqaroning muomala layoqatini cheklash tushunchalarini qanday ajratish mumkin?


Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish hamda fuqaroning muomala layoqatini cheklash tushunchalarini qanday ajratish mumkin?

Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi.

Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uni vasiyi amalga oshiradi.

Spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro mayda maishiy bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. U boshqa bitimlarni homiyning roziligi bilangina tuzishi, shuningdek ish haqi, pensiya va boshqa daromadlar olishi hamda ularni tasarruf etishi mumkin. Biroq bunday fuqaro o‘zi tuzgan bitimlar bo‘yicha va yetkazgan zarari uchun mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo‘ladi.

 

Qo‘shrabor tuman adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                                 A.Usarov

Teglar
- -