insurez
28-05-2024 12:00

Huquqiy savoxonlik

Huquqiy savodxonlik

Barchamizka ma’lumki muqaddam oilalarda sodir etilayotgan, ayniqsa er-xotin o‘rtasida sodir bo‘lgan har qanday ayollarni sha’ni va qadr qimmatni kamsitish, jismoniy kuch ishlatish bilan bog‘liq holatlar sodir etilgan  huquqbuzarlikning xavflilik darajasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgirlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishlicha 41-moddasi, 52-moddasi  2-qismi  yoki yetkazilgan tan jarohatining og‘irlik darajasiga ko‘ra, jinoyat Kodeksining  tegishlicha 104-109-moddalari bilan javobgarlik masalasi  ko‘rib kelingan.

Oilada er-xotin  o‘rtasidagi  bunday hoqorat qilish yoki  tan jarohatlari   yetkazilish  holatlari tergov va sud amaliyotida esa umumiy  ma’noda  haqorat va tan jarohati yetkazish sifatida huquqiy baho berib,  oilada  er yoki xotining  zo‘rovnligiga ahamiyat berilmaganligi natijasida oilalarda er  o‘zining  turmush o‘rtog‘iga nisbatan sodir etilgan  oilaviy zo‘ravonliklari uchun yetarlicha  huquqiy ta’sir chorasi  ko‘rilmaganligi oqibatida jamiyatda bunday kurnishdagi  qilmishlar ham ko‘payotganligi, er-xotinning zo‘ravonliklari sababli  oilalarni ajrashishlari   kundalik hayotda yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali  hammaga ma’lum bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni huquq  va manfatlarini  tazyiq va  zo‘ravonliklardan  ishonchli  himoya qilishni  institutsional hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish  maqsadida  O‘zbekision  Respublikasining 2023  yil 11 aprel kuni O‘RQ-829-sonli  qonuni qabul qilindi.  

Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘yidagi ma’muriy javobgarlik keltirib chiqaruvchi yangi normalar  kiritildi.

Jumladan; 

411-modda. Shahvoniy shilqimlik qilish

Shahvoniy shilqimlik qilish, ya’ni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir marta qo‘pol ravishda yoki bir necha marta sodir etish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi»;

«592-modda. Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik

Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni, qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni do‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi»;

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksga qo‘yidagi kiritilgan  o‘zgartirishlarni misol qilishimiz mumkin.

«1261-modda. Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik

Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, shuningdek basharti boshqa jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yuz oltmish soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni do‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, —

uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;

b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;

v) o‘ta shafqatsizlik bilan;

g) g‘arazli niyatlarda;

d) diniy taassublar zamirida;

ye) bir guruh shaxslar tomonidan;

j) takroran, xavfli residivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning                 97, 104 va (yoki) 105-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

z) o‘ta xavfli residivist tomonidan;

i) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida ko‘rish, so‘zlash, eshitish qobiliyatini yo‘qotishga yoxud biron a’zoning ishdan chiqishiga yoki uning funksiyalari tamoman yo‘qolishiga, ruhiy holatning buzilishiga yoki sog‘liqning boshqacha tarzda yomonlashuviga, umumiy mehnat qobiliyatining o‘ttiz uch foizidan kam bo‘lmagan qismining yo‘qolishiga yoki homilaning tushishiga yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo‘lsa, —

besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;

b) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;

v) o‘ta shafqatsizlik bilan;

g) g‘arazli niyatlarda;

d) diniy taassublar zamirida;

ye) bir guruh shaxslar tomonidan;

j) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, —

yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

b) takroran, xavfli residivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 97 va (yoki) 104-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

v) o‘ta xavfli residivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;

g) jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa, —

o‘n yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;

Shunday  ekan, endilikda har bir yigit, har bir oilali inson uyda,  jamiyatda xar bir ayol va xotin-qizlarga hurmat qilish kabi azaliy qadriyatlarimizga yanada e’tibor berib,  oilalarida  xar bir ayol  va  erkak o‘z turmush o‘rtoklariga nisbatan hurmat bilan qarashi,  har qanday shakldagi   mayishiy  zo‘rovonliklardan o‘zini  tiyishi lozim bo‘ladi.       

Qo‘shrabot tuman  IIB huzuridagi TB

boshlig‘i mayor                                                            J.N.Jumageldiyev

Huquqiy savodxonlik:

Teglar
- -