insurez
14-09-2024 11:00

Ijtimoiy tarmoqlarda “Pangat” MFYdan Chagʻatoy qishlogʻiga o‘tuvchi yoʻlni ta’mirlab berish borasida tarqalgan murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlarda “Pangat” MFYdan Chagʻatoy qishlogʻiga o‘tuvchi yoʻlni ta’mirlab berish borasida tarqalgan murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Murojaat masalasi yuzasidan, tuman hududidagi mahallalarda joylashgan ichki xo‘jalik yo‘llaridagi mavjud tuproq yo‘llarni tosh yo‘llarga aylantirish maqsadida manzilli dastur shakllantirilib, dastur asosida bosqichma-bosqich ta’mirlab kelinayotganligi, hozirgi vaqtda Shova mahallasidagi tuproq yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasi yotqizib ta’mirlash ishlari olib borilayotganligini, shuningdek joriy yilda Pangat mahallasida 5 km ichki yo‘llarni tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bilan birgalikda ta’mirlab berilgan.

Shu jumladan, murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan hududning geografik joylashuvi tog‘li va qir-adirliklardan iboratligi murojaatdagi yo‘lni  ham bosqichma-bosqich ta’mirlab berilishini ma’lum qilamiz.

Teglar
- -