insurez
19-09-2024 10:00

Ijtimoiy tarmoqlarda tumandagi 10-maktabni sport maydoni yangi o‘quv yiliga tayyor emas, aholi tomonidan yo‘l qilib tashlagan degan mazmundagi murojaat yuzasidan munosabat


Ijtimoiy tarmoqlarda tumandagi 10-maktabni sport maydoni yangi o‘quv yiliga tayyor emas, aholi tomonidan yo‘l qilib tashlagan degan mazmundagi murojaat yuzasidan munosabat

O‘rganish natijalariga ko‘ra, haqiqatdan ham maktabni atrofi to‘liq o‘ralmagan, sport maydoni ham to‘siq devor bilan o‘ralmagan, aholi maktabning sport maydonidan qatnov yo‘li sifatida foydalanib kelganligi sababli chiziqlari o‘chib ketgan.

Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas'ullari, MFY raisi, maktab hududidagi yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, aholiga boshqa joydan yo‘l ajratilishi va maktab atrofi to‘liq to‘siq devor bilan o‘rab berilishi rejalashtirildi.

Maktabda 8 ta o‘quv xonasi va 1 ta kompyuter xonasi mavjud. 1 ta direktor, 1 ta o‘qituvchilar va 1 ta ma’naviyat xonasi mavjud.

Maktabda darslar ikki navbatda tashkil qilingan. Sinflar soni 16 tani va darslar reja asosida o‘tilmoqda.

1-smenadagi darslar soat 8:00 da boshlanadi, ikkinchi smena 13:10 da boshlanadi. Smenalar orasidagi vaqt 15 daqiqani tashkil qiladi.

Teglar
- -