insurez
04-09-2024 11:00

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yuqori saroy” MFY  Ko‘povul qishlog‘idan o‘tuvchi soylikka koʻprik qurib berish borasida tarqalgan murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlarda “Yuqori saroy” MFY  Ko‘povul qishlog‘idan o‘tuvchi soylikka koʻprik qurib berish borasida tarqalgan murojaat yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT

“Yuqori saroy” MFY  Ko‘povul qishlog‘i bir guruh fuqarolari tomonidan qishloqdan o‘tuvchi soylikka qurilayotgan ko‘prikka qurilish materiallari (beton plita, sement) so‘rab qilgan murojaati tuman hokimligi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.

Oʻrganish natijasida Ko‘povul qishlog‘i fuqarolari qishloqdan o‘tuvchi soylikka hashar yo‘li bilan qurilayotgan ko‘prikka qurilish materiallari (beton plita, sement) so‘rayotganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Ko‘prik qurilishi uchun homiylar tomonidan beton plita, tuman hokimligi tomonidan sement ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, tuman omboriga sement materiali olib kelingach yetkazib berilishini ma’lum qilamiz.

Teglar
- -