insurez
28-06-2024 13:00

Ixcham boshqaruv tizimi yoxud adliya organlari va muassasalarining Maʼmuriy islohotlar doirasidagi mas’uliyati


Ixcham boshqaruv tizimi yoxud adliya organlari va muassasalarining

Maʼmuriy islohotlar doirasidagi mas’uliyati

 

Maqolamiz avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24-may kuni “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF‒80-son Farmoni adliya vazirligi va uning hududiy mauassalari uchun ahamyati to‘risida to‘xtalib o‘tsak. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, ammo ushbu farmonning zarurati qanchalik oZero, o‘z oldiga demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib qo‘ygan davlatimizda o‘z-o‘zidan xalqimizning munosib turmush kechirishini taʼminlashga xizmat qiluvchi qonunlarning qabul qilinishi hamda amalda so‘zsiz ishlashi talab etiladi. Ularning mazmun-mohiyatini bilish va qonunlarga rioya qilish mamlakat har bir fuqarosining fuqarolik burchi bo‘lib, albatta, u odamlarning huquqiy ongi, huquqiy bilimi hamda huquqiy madaniyatida namoyon bo‘ladi.

Yurtboshimiz tomonidan tomonidan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ularda yurtimizda huquqiy bilimlarni singdirishni hozirgi murakkab va globallashuv davrda yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi belgilab berilgan. Bu vazifa, yaʼni jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, taʼlim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish, maktabgacha taʼlim tizimidan boshlab aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish lozimligini qamrab oladi.

Bundan tashqari yuqoridagi farmon bu voqelikni jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida tashlangan yana bir muhim qadam, huquqiy asos deb baholash mumkin. Farmonda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bilan bog‘liq bir qator vazifalar belgilab berildi. Ayniqsa, biz taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish, ularning turli salbiy omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida, yoshlarda qonunlarga hurmat, mamlakatga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissi kuchaytirish, yuridik taʼlim muassasalari talabalari tomonidan huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy savodxonlik tadbirlarini tashkil etish hamda samaradorlikni taʼminlashga qaratilgan vazifalarning belgilanganligi quvonarli, albatta.

Shuningdek, farmonda ko‘rsatilgan vazifalar, yaʼni huquqshunoslik kasbining obro‘si va nufuzini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘ularini shakllantirish, ularni huquqiy bilim olishga qiziqtirish bo‘yicha amaliy tadbirlarni, taʼlim muassasalarida “huquqiy bilimlar oyligi” o‘tkazib borish va yoshlarning huquqiy bilim olishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan turli huquqiy mavzulardagi seminar-trening va tanlovlarni tashkil qilish borasida ko‘rsatmalar Samarqand viloyati adliya tizimi xodimlari, aholi hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida olib borayotgan ishlarida yana ham ko‘tarinki kayfiyat baxsh etishi, ilhomlantirishi shubhasiz.

 

S.Raxmonberdiyev,

Qo‘shrabot tuman Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi       

Teglar
- -