insurez
04-05-2024 08:57

Mudofaa boʻlimi boshligʻi Shavonada yoshlar bilan uchrashdi.


Mudofaa boʻlimi boshligʻi Shavonada yoshlar bilan uchrashdi.

Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixiga va ma’naviy qadriyatlariga yuksak hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida turli xildagi harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda.

Qoʻshrabot tuman Mudofaa ishlari bo'limi boshligʻi Y.Murtozayev ishtirokida tumanning Shovana mahallasidagi umumiy oʻrta ta’lim maktablari bitiruvchilari bilan "Ofitserlik mardlar kasbi!" shiori ostida Oliy harbiy ta’lim muassasalariga yoʻnaltirilgan targʻibot tadbirlari doirasida uchrashuv tashkil qilindi.

Davra suhbatida oʻquvchilar tomonidam berilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, oʻquvchilar Oliy harbiy bilim yurtlari va Temurbekar maktablari haqida tushunchalarga ega boʻlishdi.

Teglar
- -