Notarial tasdiqlanmagan ishonchnomalar ham haqiqiy hisoblanishi mumkin
Notarial tasdiqlanmagan ishonchnomalar ham haqiqiy hisoblanishi mumkin
Bilamizki inson hayotida har xil vaziyyatlar bo‘lish mumkin, shunday holatlarda boshqa shaxsga ishonchnoma berishda har doim ham notarius xizmatidan foydalana olmasligi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar haqida ham norma mavjud. Fuqarolik kodeksi 136-moddasiga ko’ra
Quyidagilar notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilishi belgilangan:
Gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism bo‘yicha o‘rinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari;
Harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar, qo‘shilmalar, muassasalar hamda harbiy o‘quv yurtlari joylashgan, notarial idoralar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa organlar bo‘lmagan punktlarda esa — ishchi va xizmatchilarning, ular oilalarining va harbiy xizmatchilar oila a’zolarining shu qism, qo‘shilma, muassasa va o‘quv yurtlarining komandirlari (boshliqlari) tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari;
Ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi. Yana bir jihatga e’tibor berish kerakki avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar doim notarial tartibda tasdiqlanishi zarur.
Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Usarov