insurez
24-09-2024 12:00

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi 5-moddasida Saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘lishi belgilangan


O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi 5-moddasida Saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘lishi belgilangan

2024-yil 4-sentyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ-953-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, saylov komissiyasi yoki referendum o‘tkazuvchi komissiya a’zosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 5110-moddasiga asosan Saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish tartibini buzish, saylov komissiyasi yoki referendum o‘tkazuvchi komissiya a’zosi tomonidan fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritildi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 5111-moddaga asosan Saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish, saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari to‘g‘risidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish,  mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi bosh yuristkonsul’ti B.Irzayev

Teglar
- -