insurez
02-05-2024 15:29

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi Kengashi raisi Abduxomid To‘xtarov ishtirokida matbuot anjmumani o‘tkazildi.


Mavzu: 2023-yilda xodimlar uchun berilgan yordamlar, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida qilingan ishlar to‘g‘risida.

Bugungi kunda mamlakatimizda erkin va farovon hayot demokratik jamiyat qurish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlar va ularning amaliy natijalarini ta’minlashda kasaba uyushmalari ham o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi kengashiga 125 ta boshlang‘ich tashkilotlar  a’zo bo‘lib ularda 7662 nafar o‘qituvchi pedagoglar  va ishchi xodimlardan iborat kasaba uyushma a’zolarining mehnatga oid huquqiy va manfaatlarini  ta’minlash mehnat jamoalarida xodimlarni  ijtimoiy qtisodiy qo‘llab-quvatlash ishlari tizimli ravishda yuritib kelinmoqda.

O‘zbekiston ta’lim  va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan 2023-yilda quyidagi ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi kengashi tasarrufida 125 ta boshlang‘ich tashkilotlardan 1-TI va 1-JSh hisobotlari olindi hamda barcha boshlang‘ich tashkilotlar uchun yillik xarajatlar smetasi loyihasi tuzib olindi shu smeta asosida moliyaviy ishlar va moddiy yordamlar berish orqali xodimlarga moddiy ko‘maklash ishlari amalga oshirildi  

Boshlang‘ich tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha:

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan yil davomida grafik asosida barcha  boshlang‘ich tashkilotlarga Ustav talablari asosida amaliy yordam ko‘rsatildi. 

Boshlang‘ich tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun har bir boshlang‘ich tashkilotga “O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi ustavi”, “Kasaba uyushmalari tug‘risida qonun” lari nusxalari ko‘paytirilib tarqatildi,  tashkilot va muassasalar kasaba uyushma boshlang‘ich tashkilotlarda fuqarolar (kasaba uyushma a’zolari) ning  og‘zaki, elektron  va yozma  murojaatlarini qayd qilish Daftari  hamda kasaba uyushma boshlang‘ich tashkilotlar uchun umumiy yig‘ilish va qo‘mita yig‘ilishi qarorlarini qayd etish daftarlarini yuritish bo‘yicha tavsiya va amaliy yordamlar berildi. 

Madaniy ma’rifiy va sport yo‘nalishi:

Barcha boshlang‘ich tashkilotlar ma’naviyat soatlari va milliy g‘oya targ‘iboti chora tadbirlariga asosan har oyda bir marotaba ma’naviyat soatlari o‘tkazilib kelindi. Yil davomida boshlang‘ich tashkilotlarda xodimlarni sportga jalb etish maqsadida Prezidentimizning PF-6099 farmoni ijrosini ta’minlash borasida sport tadbirlari o‘tkazilishi uchun tuman Kengashi va hamkor tashkilotlar bilan Nizom tasdiqlanib boshlang‘ichlarga tarqatildi. Boshlang‘ich tashkilotlarda 2022-yil 14-yanvar vatan himoyachilari kuni munosabati, 8-mart “Xotin-qizlar kuni” munosabati bilan, 21-mart “Navro‘z” bayrami munosabati bilan, “9-may -  xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan xodimlar o‘rtasida sportning stol tennisi, shaxmat shashka,voleybol turlari bo‘yicha sport musoboqalari bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati Kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi Kengashining 2022-yil 5-fevral 3-04 “s”  A’nanaviy viloyat “Ayollar spartakidasi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi  rayosat qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 5 ta tur bo‘yicha hududiy sport tadbirlari o‘tkazildi. Hududiy sport tadbirlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar viloyat bosqichida ishtirok etishdi.

Samarqand viloyat Kasaba uyushma tashkilotlar birlashmasi Kengashi tomonidan 6-mart kuni “Ayollar spartakidasi”ning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Ushbu sport tadbirida tarmoq tassarufidagi boshlang‘ich tashkilotlardan 14 nafar xotin-qizlar viloyat bosqichida ishtirok etishib faxrli o‘rinlarni olib kelishdi. Voleybol turidan 3-o‘rinni, yengil atletikadan 2-o‘rinni egallashib g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.  Mart oyida boshlang‘ich tashkilotlar qarori asosida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan 580 nafar xotin-qizlarga tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan sovg‘alar ajratildi.  15 nafar xotin-qizlarni Samarqand viloyat Kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Muqaddas ayol” nomli madaniy tadbirga taklifnomalar asosida qatnashib kelishdi. Ta’lim tizimida ishlab hozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan  8 nafar mehnat faxriylari holidan xabar olindi. Tuman MMTB mudiri bilan hamkorlikda  8-mart bayramida tadbir tashkil etildi va tizimda faoliyat olib borayotgan 32 nafar xotin qizlarga  tuman Kengashi bo‘linmasi tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi. Tarmoq tassarufidagi boshlang‘ich tashkilotlarda sport tadbirlari o‘tkazildi .

2022-2024-yillar uchun mo‘ljallab tuzilgan Jamoa shartnomasining 2022-yildagi ijrosi muhokamasi uchun o‘tkazish muddatlari va mas’ullar belgilangan jadval tuzilib tasdiqlandi va tarqatildi. O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan 2023-yil uchun yarim yillik ish rejasi tasdiqlab olindi.

Yil davomida yozgi mavsumda xodimlarning farzandlaridan 70 nafaridan ziyodrog‘i “Farxod” lagerida “Chorchinor” oromgoxida 9 nafari xordiq yozib keldilar.

Muxtaram Prezidentimiz tomonidan o‘qituvchilarga berilayotgan yuksak ishonch va amalga oshirilayotgan ishlariga e’tibor sifatida PF-6108-sonli farmoniga asosan va O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va XTV qo‘shma qarori asnosida tumanimizda faoliyat olib borayotgan maktab direktorlari, metodistlari va 10 nafar yashil xududga kiritilgan maktab o‘qituvchilariga shu kunga qadar jami 24 ta bepul yo‘llanmalar berildi. Jami yil davomida 114 ta sanatoriy kurortlariga xodimlarni sog‘lashtirish maqsadida yo‘llanmalar berildi.

Xodimlarni moddiy tomondan qo‘llab quvvatlash Tarmoq tassarufidagi boshlang‘ich tashkilotlar arizalari va qo‘mita qarorlariga asosan, davlat  dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida yil  davomida 281 nafar xodimlarga eng kam ish xaqining bir minimali miqdorida moddiy yordam pullari ajratildi.

2023-yilda ham PF-6108-sonli Prezident farmoniga asosan O‘zbekiston talim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va xalq talimi vazirligining qo‘shma qarori asnosida tumanimizda faoliyat olib borayotgan reyting ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan 5ta umumtalim maktablari (81,31,35,8,84) ning malakali natijador o‘qituvchilari, 1 nafar maktab direktori (31-umumtalim maktabi) jami 11-nafar tarmoq xodimlari bepul sog‘lomlashtiriladi.

Yil davomida imtiyozli sog‘lomlashtirish yo‘llanmalari xodimga va uning oila azolariga ajratilib beriladi. Shu bilan birgalikda xodimlar farzandlarini viloyatimizda mavjud sog‘lomlashtirish oromgoxlarida sog‘lomlashtirish ishlari rejasiga asosan amalga oshirilib boriladi.

Teglar
- -