insurez
03-07-2024 10:00

Profilaktik tadbirlar aholi xavfsizligi va xotirjamligini ta'minlashga xizmat qiladi


Profilaktik tadbirlar aholi xavfsizligi va xotirjamligini ta'minlashga xizmat qiladi. 

Joriy yilning 1-iyulidan 1-avgustiga qadar tumanimizda “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb 30 kun” tadbirlari o‘tkazilmoqda.  

Shu munosabat bilan bugun tuman Favquloda vaziyatlar bo‘limi va tuman gaz ta'minoti xodimlari hamkorlikda Xonnazar mahallasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

 

Tashkil etilgan tadbirda soha xodimlari tomonidan aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlar, aholi yashash xonadonlarida fuqarolarga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga oid zarur tavsiyalar berildi hamda hushyorlikka chorlovchi eslatma va bukletlar tarqatildi.

 

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -