Qo‘shrabot tumanida o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etilishi va ularning sabablari tahlil va mulohaza
Qo‘shrabot tumanida o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etilishi va
ularning sabablari tahlil va mulohaza
Barchamizka ma’lumki, o‘zganing mulkiga hiyonat qilish va o‘g‘irlik jinoyatlari uchun qadim zamonlardan javobgarlik belgilanib kelingan va bu turdagi jinoyatlarni sodir etganlar turli ko‘rinishda jazolanganlar.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat Kodeksining 169-moddasida, o‘g‘irlik jinoyati va ushbu qilmishni sodir etganligi uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Biroq, biz bugungi taxliliy moqolamizda bunga tuxtalib o‘tmaymiz, aksincha tumanimiz hududida sodir bo‘lgan va tergov sud muxokamasidan o‘tgan o‘g‘irlik jinoyatlarni kelib chiqish sabablari yuzasidan tahlil yuritmoqchimiz.
Jumladan, 2020 yil davomida Qo‘shrabot tuman hududida jami 204 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lsa, shundan o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish, ya’ni o‘g‘irlik jinoyatlari yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasida 12 ta jinoyat ishlari 16 nafar shaxslarga nisbatan tegishli tartibda sudlarga ko‘rib chiqishlik uchun ayblov xulosasi tasdiqlangan holda yuborilgan va sud tomonidan ko‘rib chiqilib, jazo muqararligi ta’minlangan.
Joriy yilning 3 oyida esa Qo‘shrabot tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasida jami 22 ta jinoyat ishlari 27 nafar shaxslarga Jinoyat Kodeksning turli moddalari bilan ayb e’lon qilinib, tegishli tartibda sudga yuborilgan bo‘lsa, ushbu sudga yuborilgan jinoyat ishlaridan 6 tasi 10 nafar fuqarolarga nisbatan, ya’ni sudga yuborilgan jinoyat ishlarining 27.2 % ni o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari tashkil etadi.
Bu albattda barchani birdek tashvishga soladi va barchada ma’lum ma’noda xovotir uyg‘otadi. Shu sababli, ushbu sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatlari taxlil qilinganida aksariyat qismi chorva mollari o‘g‘irligi ekanligi, ko‘pchilik qismi yoshlar tomonidan sodir etilganligi, hatto voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilganligi ham aniqlandi.
Bunning sabablari o‘rganilganida, jinoyat sodir etgan yoshlarni jinoyat sodir etgunigaqadar yetarlicha ish bilan ta’minlanib, ularning bandligi ta’minlanmaganligi, voyaga yetmaganlarning esa nazoratsizligi bilan izohlanadi.
Shu bilan birga, o‘g‘irlik jinoyatlari ko‘pchilik holatlarda sodir etilishiga o‘g‘irlik jinoyatidan jabrlanganlarning o‘zlari tomonidan mol-mulkini saqlanishiga nisbatan beparvo munosabatda bo‘lib kelganligi holatlari ham sabab bo‘lmoqda. Masalan, Tergov bo‘linmasida joriy yili tergov harakatlari olib borilgan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “v” bandi bilan “Sherzod”, “Dilmurod” va boshqa shaxslarga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilgan jinoyat ishida, ayblanuvchilar 2020 yil noyabr oyidan 2021 yil fevral oyining o‘rtalariga qadar jami 14 marotaba chorva mollari o‘g‘irligi jinoyati sodir etishib, 14 nafar fuqarolarga jami 40 mln so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilganligi, ayblanuvchilar asosan xonadonida chorva mollarni parvarish qilib, tungi vaqtlarda qo‘riqloviga nisbatan beparvolik bilan munosabatda bo‘lib kelingan, ya’ni chorva mollari og‘ilxonasi yoki kuyxonasi xovlisi to‘g‘rida joylashgan, atrofi o‘ralmagan, qo‘yxona va og‘ilxonasiga eshik o‘rnatilmagan, xovlisi atrofi begona shaxslar kirmasligi uchun ma’lum bir to‘siqlar bilan to‘silmagan, yoritilmagan xonadonlardan sodir etganligi aniqlandi.
Shu sababli, kelgusida fuqarolarimizdan o‘g‘irlik jinoyatlarni qurboniga aylanib qolmasliklari uchun o‘zlari yashab kelayotgan xonadonlarini kirish eshiklariga qulf o‘rnatish, yon atrofi ochiq bo‘lgan xovlilarini yon atrofini o‘rama simlar o‘rab to‘sib qo‘yish, tungi vaqtda chorva mollari turadigan qo‘yxona va og‘ilxonalarga eshiklar o‘rnatib, ma’lum bir yoritish moslamalari bilan yoritish choralarini ko‘rishni tavsiya qilamiz.
Qo‘shrabot tuman IIB huzuridagi
Tergov bo‘linmasi tergovchisi
mayor U.T.Axmedov