insurez
01-06-2024 12:00

Qo‘shrabotda "DXX kubogi" g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi


Qo‘shrabotda "DXX kubogi" g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi

Avval xabar berganimizdek, futbol bo‘yicha "DXX Kubogi" bahslarining tuman bosqichi yakunlandi.

Musobaqaning hal qiluvchi final bahsi yakunlangach, g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tantanali taqdirlash marosimida  tuman hokimi D.Shakarboyev, DXX tuman bo‘linmasi rahbari T.Shokirov va sektor rahbarlari ishtirok etishdi.

Unda nafaqat futbol, balki mini-futbol bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi musobaqalar g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlanib, ularga kubok, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qo‘shrabot tumanida "DXX Kubogi" 2024 g‘olib va sovrindorlari ro‘yxati:

Futbol

1-o'rin Shavona mahallasi
2-o'rin Qiyqim mahallasi
3-o'rin Bozorjoy mahallasi

Mini futbol(o'smirlar)

1-o'rin Mayintepa mahallasi
2-o'rin Zarmitan mahallasi
3-o'rin Qo'rolos mahallasi

Mini-futbol(qizlar)

1-o'rin 3-sektor jamoasi
2-o'rin 2-sektor jamoasi 
3-o'rin 1-sektor jamoasi
 

Teglar
- -