insurez
26-06-2024 11:00

RAHBAR VA YOSHLAR O‘RTASIDA SAMIMIY SUHBAT


Qo‘shrabot tumani Jo‘sh ota mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1-son kasb-hunar maktabida umumtaʼlim va kasb-hunar maktabi bitiruvchilari hamda mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va undan foydalanib, muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar haqida soʻz yuritildi. 

Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sohiba Maxmudova har bir yosh avlod vakili o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi hamda unga erishish uchun aql bilan mehnat va harakat qilishi lozimligini taʼkidlab o‘tdi.

Uchrashuv so‘nggida maktabda namunali xulqi va a’lo baholar bilan oʻqib oʻquvchi yoshlarga oʻrnak boʻlayotgan yoshlar faxriy yorliq va badiiy kitoblar bilan taqdirlanishdi.


Teglar
- -