insurez
09-03-2024 12:04

Tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlashning yangicha mexanizmlari to‘g‘risida PRESS-TUR o‘tkazildi.


Tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlashning yangicha mexanizmlari to‘g‘risida PRESS-TUR o‘tkazildi.

Press-turda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sohiba Maxmudova hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Press-tur Buloqboshi mahallasida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”da turadigan fuqaro Sh.Qarshiyevaning xonadonida tashkil qilingan tadbirkorlik faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Sh.Qarshiyeva 5 mln. so‘m kredit va subsidiya asosida tikuv mashinasi olib tadbirkorlik va tikuvchilik faoliyatni boshlagan va bugungi kunda 5 nafar shogirdlari bor.

Keyingi manzil Buloqboshi mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Boyirova uyida tashkil qilingan tikuvchilik markazi bo‘ldi. M.Boyirova “Ayollar daftari”da turadi, bugungi kunda 10 nafarga yaqin shogirdlari bor, endilikda kredit olib tikuvchilik faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan.

Teglar
- -