Qoʻshrabotda harbiy vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.

Image_tadbir: 

Bugun, 23-aprel kuni Qoʻshrabot tumani hokimligi va Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Samarqand gornizonida joylashgan harbiy qism va muassasalar hamkorligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash maqsadida harbiy xizmatchilar tomonidan Qoʻshrabot tumanida joylashgan 9-umumiy oʻrta ta’lim maktabida “Yangi Oʻzbekiston armiyasi yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir” shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.

Festival doirasida harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar oʻquvchilar koʻnglini xushnud etdi. Shuningdek, festival doirasida harbiy xizmatchilar tomonidan qoʻl jangi sahna chiqishlari namoyish etildi.

2015-2024 © Qo'shrabot tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM