"3-dekabr xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Image_tadbir: 

Yordamga muhtojlarga ko‘maklashish, mehr va muruvvat ko‘rsatish azaliy qadriyatlarimizdan biri sanaladi. Zero, Davlatimiz Rahbari tomonidan aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamini kuchli himoya qilish loyihalariga alohida e’tibor qaratilishida ham katta ma’no mujassam.

"3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Qo'shrabot tumanida mehr-muruvvat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, bugun mas'ullar ishtirokida bir guruh imkoniyati cheklangan insonlar uchun tumanimizning Oqtepa bazmgohida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi, tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Sohiba Maxmudova yig‘ilganlarga tuman hokimining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Bayramda bir guruh tumandoshlarimizga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari, shuningdek reabilitatsiya vositalari topshirildi.

 

 

  

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Хокимият Кушработского района. Разработан в: SAKTRM