Yuridik va jismoniy shaxslar diqqatiga!

Yuridik va jismoniy shaxslar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi “Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 619-sonli qaroriga muvofiq ayrim qarorlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, jumladan, 2024-yil 1-apreldan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtmasdan qurilgan obyektlarni instrumental texnik tekshiruvdan oʻtkazib, foydalanishga ruxsat berish ishlarini toʻxtatilishi belgilangan.

Sodda qilib aytganda tuman hokimi qaroriga asosan ajratilgan yer maydonida, auksion savdolari orqali sotib olingan yer maydonida, uy-joylari maydonlari hududida qurilayotgan yoki binolarini buzib o‘rnidan qurilayotgan har qanday qurilishlar loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmasdan va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtmasdan qurilgan bo‘lsa har qanday qurilish obyektlariga foydalanishga ruxsat berilmasligi hamda kadastr hujjati tayyorlanmasligi tushuniladi.

Hurmatli fuqarolar, kim yuqorida korsatilgani kabi noqonuniy qurilish olib borayotgan bolsa yoki noqonuniy obyekt qurib qoygan bolsa joriy yilning 1-apreliga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xojalik sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtishini soraymiz. Aks holda ushbu qurilish obyektlari buzib tashlanishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Qo‘shrabot tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik bo‘limi

Image_elon: 
2015-2024 © Хокимият Кушработского района. Разработан в: SAKTRM